10 Oktyabr 2022 yil 299

Viloyat 3-sektor rahbari Shirin shahrida yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha sektor rahbarlari va hokim yordamchilari bilan uchrashdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 6 oktabr kuni Sirdaryo viloyatiga tashrifi davomida aholi bandligini taʼminlash bo‘yicha berilgan vazifa va topshiriqlar ijrosi yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i Djaborov Sandjar Buronovich Shirin shahar Mirzo Ulug‘bek mahallasiga tashrif buyurib, u yerda yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha sektor rahbarlari va hokim yordamchilari bilan uchrashib, mavjud muammolar va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan muhim masalalar yuzasidan kelishib olindi. 

Shirin shahar  hokimi 1-sektor rahbari S.T.Sultonov  M.Ulug‘bek mahallasida bugungi kun holatiga 67 ta  bandligi taʼminlanmagan aholini joriy yil noyabr oyiga Shirin shahrida yangi tashkil etiladigan ish o‘rinlariga joylashtirish bo‘yicha loyihalarini taqdim etdi.

Shundan so‘ng Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i Djaborov Sandjar Buronovich Shirin shahrida ixtisoslashtirilgan Prezident maktabining qurilish ishlari bilan tanishib, sektor rahbarlariga qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda sifatli topshirish bo‘yicha topshiriqlarni berdi.

Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i Djaborov Sandjar Buronovich jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha Shirin shahar IIB tomonidan olib borilayotgan amaliy ishlar bilan tanishib, shahar hududida jinoyatchilikni oldini olishda IIB xodimlarining jangavor tayyorgarligini sifat jihatdan muntazam oshirib borish, shahar hududini videokuzatuv kameralari bilan qamrab olib Situatsion markazga ulash bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va tavsiyalarini berdi.  

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech