6 Noyabr 2021 yil 365

Viloyat 3-sektor rahbari polkovnik Boʻronov Shuhrat Husanovich hududlarda aholi muammolarini oʻrgandi.

Sirdaryo viloyati 3-sektor rahbari polkovnik Sh.H.Boʻronov Mirzaobod tuman hududida tuman yoshlari bilan “Yoshlar uchrashuvi” va tuman fuqarolari bilan ommaviy sayyor qabul oʻtkazdi. Sayyor qabul fuqarolarning faoliyatida uchrayotgan toʻsiqlar, muammolari hamda takliflari, fikr mulohazalarini oʻrganish boʻyicha ochiq muloqot tarzida oʻtkazildi. Bundan tashqari yoshlar tomonidan bildirilgan takliflar tinglanib ularga masʼul tashkilot rahbarlari biriktirilib sektor rahbari tomonidan kerakli tavsiyalar berildi. Ushbu sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan ish bilan taʼminlash, yashash uyni taʼminlab berish, ichimlik suvi, koʻchasiga shagʻal toʻkib berish, davolanish uchun order olish, toʻlov kontraktini toʻlab berish, moddiy yordam berish kabi masalalarida 24 ta murojaatlar kelib tushdi. Qabul davomida kelib tushgan murojaatlardan 5 tasi shu yerning oʻzida ijobiy hal qilingan boʻlsa, 4 tasiga huquqiy tushuntirish berildi, qolgan 15 ta murojaatlar sektor rahbari tomonidan qisqa muddatli nazoratga olinib, tegishli mutasaddi tashkilot rahbarlarga ijobiy hal qilish boʻyicha topshiriqlar berildi.

Fuqaro Amanov Mahmudjonning Navroʻz mahallasi Choʻlpon koʻchasida kuz qish mavsumida qatnovga noqulaylik tugʻdirganligi sababli tosh-shagʻal toʻkib berishda amaliy yordam soʻrab qilgan murojaati yuzasidan, sektor rahbarining topshirigʻi bilan tosh shagʻal toʻkib berildi.

Bu kabi uchrashuvlar viloyat hududlari miqyosida oʻtkazilib, fuqarolar tomonidan kelib tushayotgan murojaatlarning har birini oʻrganish boʻyicha 3-sektor rahbari tomonidan shaxsan joylarga chiqqan holda oʻrganish ishlari amalga oshirilmoqda.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech