29 Oktyabr 2021 yil 397

Viloyat 3-sektor rahbari Boʻronov Shuhrat Husanovich Sardoba tumanida aholi muammolarini oʻrgandi.

Sirdaryo viloyati 3-sektor rahbari polkovnik Sh.H.Boʻronov Sardoba tuman hududida tuman yoshlari bilan “Yoshlar uchrashuvi” va tuman fuqarolari bilan ommaviy sayyor qabul oʻtkazdi. Sayyor qabul ochiq muloqot tarzida fuqarolarning faoliyatida uchrayotgan toʻsiqlar, muammolari hamda takliflari, fikr mulohazalari oʻrganildi. Bundan tashqari yoshlar tomonidan oʻz faoliyatini shakllantirish davridagi fikr-mulohazalari, takliflari tinglanib ularga masʼul tashkilot rahbarlari biriktirilib viloyat 3-sektor rahbari tomonidan kerakli tavsiyalar berildi. Ushbu sayyor qabul va ochiq muloqot davomida fuqarolar tomonidan ish bilan taʼminlash, imtiyozli kreditlarni olishdagi muammolar, subsidiya olish, oʻz mutaxassisligi boʻyicha ishga kirish, uy joy bilan taʼminlash masalalarida murojaatlar kelib tushdi.Qabul davomida kelib tushgan 46 ta murojaatlardan 6 tasi shu yerning oʻzida ijobiy hal qilinib, 7 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan boʻlsa, qolgan 33 ta murojaatlar sektor rahbari tomonidan qisqa muddatli nazoratga olinib, tegishli mutasaddi tashkilot rahbarlarga ijobiy hal qilish boʻyicha topshiriqlar berildi.


Bu kabi uchrashuvlardan keyin fuqarolar tomonidan kelib tushayotgan murojaatlarning har birini ijrosi taʼminlanishi boʻyicha 3-sektor rahbariyati tomonidan shaxsan joylarga chiqqan holda oʻrganish ishlari amalga oshirilmoqda.

Text to speech