27 Aprel 2022 yil 675

Viloyat perenital markazi xodimasi markazga ishga joylashtirish evaziga fuqarodan pora olayotgan vatqda qoʻlga olindi.

Joriy yilning 8 aprel kuni Sirdaryo viloyati IIB JQB korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan olingan tezkor maʼlumotlarga asosan ismi sharifi shartli o‘zgartirilgan fuqarolar To‘xtayeva va Rahmanovalar viloyat Perenital markaziga ishga joylashish niyati borligini bildirganida, o‘zini ushbu markazda bosh hamshira lavozimida ishlovchi fuqaro Azizova deb tanishtirgan xodima, muassasada yuqori lavozimda ishlovchi rahbariga 550 AQSH dollari miqdoridagi pullarni to‘lab bergan taqdirdagina fuqaro To‘xtayevani 5 oy muddat ichida ishga qabul qilinishida amaliy yordam berishini aytib o‘tgan.

Mazkur holat yuzasidan viloyat IIB JQB korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari hamda viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbiri davomida viloyat Perenital markazida katta hamshira lavozimida ishlovchi fuqaro Azizova Fuqaro To‘xtayevani markazga farroshlik lavozimiga ishga qabul qilinishi uchun rahbariga berishi kerak bo‘lgan 550 AQSH dollari miqdoridagi kimyoviy ishlov berilgan pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.Holat yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv natijasida fuqaro Azizova talab qilingan pullarni perenital markazida xasta chaqaloqlar bo‘limi bekasi lavozimida ishlovchi Saidaga berishi kerakligi maʼlum bo‘ldi. Shundan so‘ng tadbir davom ettirilib, fuqaro Azizova 550 AQSH dollari miqdoridagi pullarni fuqaro Saidaning xizmat xonasida bergan vaqtida tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, ashyoviy dalillar bilan har ikkisi ham qo‘lga olindi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech