15 May 2025 yil 282

Vazirlik tomonidan Guliston shahridagi mahallalarda oʻrganishlar olib borildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 3 yanvar kunidagi «2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-1-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari tomonidan mahallalarda oʻrganish ishlari olib borildi.

Jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, joylardagi mavjud muammolarni oʻrganish hamda aholi bilan bevosita muloqotni yoʻlga qoʻyish maqsadida Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari polkovnik Saidkarim Nishanbayev Guliston shahridagi qizil toifadagi mahallalarda amaliy tashrif bilan boʻldi.

Tashrif doirasida mahalla faollari, profilaktika inspektorlari va jamoatchilik vakillari bilan ochiq muloqotlar tashkil etildi. Uchrashuvlar davomida jinoyatchilik holati, yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, xotin-qizlar va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami bilan ishlashdagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari tomonidan profilaktika inspektorlari faoliyati, ularning moddiy-texnik taʼminoti, xizmat shart-sharoitlari va joylarda aholi uchun yaratilayotgan xavfsiz muhit bevosita oʻrganildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi rahbarlarga tegishli koʻrsatmalar berildi.

Shuningdek, huquq-tartibot organlari faoliyatini mahalla fuqarolar yigʻini bilan hamkorlikda samarali tashkil etish, profilaktik tadbirlarni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech