30 Yanvar 2025 yil 3245

Vazir oʻrinbosari polkovnik Ramazon Ashropov Sirdaryo viloyatida aholi muammolarini oʻrganmoqda

Dastavval vazir oʻrinbosari Ramazon Ashropov Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida boʻlib, viloyat Ichki ishlar organlari xodimlariga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Shundan soʻng vazir oʻrinbosari huzurida tegishli xizmat rahbarlari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi. Yigʻilish davomida Sirdaryo viloyatida aholi muammolari oʻrganish, ularning bandligini taʼminlash, migratsiyadagilar bilan manzilli ishlash, jinoyatlarni barvaqt oldini olish hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini hal etish borasida olib borilayotgan ishlar holati atroflicha oʻrganilib, bu borada kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar yuzasidan masʼul rahbarlarga kerakli topshiriq va koʻrsatmalar berdi.

Soʻng Vazir oʻrinbosari Sirdaryo tumani, Paxtakor mahallasiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarlikni barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib, “Mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish, uning mahalla hayotidagi oʻrnini oshirish va boshqa masalalar yuzasidan kerakli tavsiyalar berildi.

Respublika ishchi guruhining Sirdaryo viloyatidagi oʻrganishlari davom etmoqda.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech