14 Oktyabr 2023 yil 4821

Vazir o‘rinbosari Yangiyer shahriga tashrif buyurdi.

Yangiyer shahar IIBda bo‘lgan Vazir o‘rinbosari “Xavfsiz hudud” tadbiri doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishishdi.

Yangiyer shahar “Fazilat” mahallasida joylashgan huquq-tartibot maskanida bo‘lib, fuqarolar va mutasaddilarga yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

Tashrif davomida vazir o‘rinbosari mahallada beshlikning qonunbuzarliklarni oldini olish, fuqarolarning kundalik va maishiy muammolarini hal etish borasidagi amalga oshirilgan ishlarini atroflicha tahlil etdi.

O‘rganishlar davomida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan mutasaddilarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berib, “ijtimoiy profilaktika” tadbirlarini kuchaytirish lozimligi taʼkidlandi.

O‘rganishlar davomida har bir shahar-tumandagi maxsus so‘rovxonasi bilan tanishib, yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirib, xodimlar bilan qonunlar, xizmat vazifalari va kasbiy mahoratiga oid savol-javoblar o‘tkazdi.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech