11 Oktyabr 2023 yil 4616

Vazir o‘rinbosari Guliston shahar va Mirzaobod tumanidagi “qizil” toifadagi mahallalarda jinoyatchilikni oldini olishga doir ishlarni o‘rgandi

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Baxodir Mirzaraximov Sirdaryo viloyat IIB boshlig‘i Sandjar Djabarov bilan birgalikda Guliston shahrida bo‘lib o‘tayotgan Ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan xodim va xodimalar o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha "Vazir kubogi" S guruh o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etib, musobaqaga start berdi.

Shundan so‘ng vazir o‘rinbosari tomonidan olib borilayotgan o‘rganishlar Guliston shahrining “qizil” toifadagi hududlarda davom ettirdi. Dastlab, shahar IIB maʼmuriy binosida bo‘lib yaratilgan shart sharoitlarini hamda jinoyatchilik ahvolini o‘rgandi va shunday toifadagi “Bo‘ston” hamda “Namuna” mahallalarida mahalla beshligi bilan hududdagi kriminogen vaziyat to‘g‘risida suhbat olib bordi. Shuningdek, mahalla hududda yosh avlod bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashdi.

Keyingi manzil Mirzaobod tumani bo‘ldi. Bu yerdagi “sariq” toifadagi “Yangi O‘zbekiston” mahallasi faoliyatini o‘rganib, profilaktika inspektori tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishib, mahalla binosi va profilaktika inspektorining xizmat xonalarini tekshirish davomida tozalik va obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech