Vazir o‘rinbosari Guliston tumanida jinoyatchilikni oldini olishga doir ishlarni o‘rgandi.
Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Baxodir Mirzaraximov tomonidan olib borilayotgan o‘rganishlar Guliston tumanining “Soyibobod” mahallasida bo‘ldi. Vazir o‘rinbosari “Soyibobod” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla beshligi bilan hududdagi kriminogen vaziyat to‘g‘risida suhbat olib bordi.
Suhbat asnosida mahalla raisi, xotin-qizlara masalalari bo‘yicha faoli, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi hamda profilaktika inspektori bilan jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olishda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan fikr almashib, vazir o‘rinbosari tomonidan mahalla beshligiga kerakli bo‘lgan tavsiya va topshiriqlarini berib o‘tdi.
Shundan so‘ng vazir o‘rinbosari profilaktika inspektori tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishib, mahalla binosi va profilaktika inspektorining xizmat xonalarini tekshirish davomida profilaktika inspektori tomonidan yuritilishi lozim bo‘lgan hujjatlarni ko‘zdan kechirib, kerakli tavsiyalarini berib o‘tdi.
Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Sirdaryo viloyatidagi o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati