6 Oktyabr 2023 yil 1309

Vazir o‘rinbosari general-mayor Davron Nazarmuxamedov boshchiligidagi ishchi guruh Sirdaryo viloyatida o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari — Maʼnaviy - maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti boshlig‘i general-mayor Davron Nazarmuxamedov boshchiligidagi ishchi guruh Cirdaryo viloyatida o‘rganishlar olib bormoqda.

Vazir o‘rinbosari Guliston shahar ichki ishlar boshqarmasiga tashrif buyurdi. O‘rganishlar davomida Guliston shahrida kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha olib borilgan ishlar, jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishiga sabab bo‘layotgan omillar birma bir tahlil qilindi. Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari mahallaning kriminogen vaziyatiga taʼsir qilayotgan omillar, shuningdek, kompleks yondashuv asosida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish, salmog‘i yuqori bo‘lgan jinoyatlarni oldini olishning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda maxsus kontingent bilan ishlash kerakligi borasida alohida topshiriqlar berdi.

Text to speech