Vazir o‘rinbosari, general-mayor Baxodir Mirzaraximov Sayxunobod tumani hududidagi mahallalarda bo‘ldi.
Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, general-mayor Baxodir Mirzaraximov Sirdaryo viloyatidagi o‘rganishlarini davom ettirib, Sayxunobod tumani hududidagi mahallalarda bo‘ldi. Hududdagi jinoyatchilikni oldini olish ishlari ko‘zdan kechirildi.
Sayxunobod tumanidagi “Baxmalsoy” mahallasi o‘rganildi. Tashrif davomida mahalla hududida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishib, mahalla beshligi bilan sodir etilayotgan jinoyatlar, jinoyatni keltirib chiqarish shart-sharoitlari sabablari yuzasidan suhbat olib bordi.
Shuningdek, vazir o‘rinbosari tomonidan mahallani qizil toifadan chiqarish, jinoyatchilikni oldini olish borasida avvalo maktablardan ish boshlash kerakligi yuzasidan tavsiyalar berdi.
Bundan tashqari, mahalla xotin-qizlari bilan muhokamalarda mahalla faollari ko‘proq kontengent bilan o‘tkazish hamda mahalla binolariga respublikada qidiruvda bo‘lgan shaxslarni banerlarini ilish bo‘yicha topshiriqlarini berib o‘tdi.
Shundan so‘ng vazir o‘rinbosari Sayxunobod tumanidagi “O‘zbekiston” mahallasiga tashrif buyurib, beshlik faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Mahallada jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlari bilan tanishdi.
Mahalla fuqarolar yig‘inida xizmat olib borayotgan profilaktika inspektorining jinoyat va huquqbuzarliklarga qarshi kurash borasidagi faoliyatini o‘rgandi.
Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Sirdaryo viloyatidagi o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati