11 Oktyabr 2023 yil 4554

Vazir o‘rinbosari Boyovut tumani hamda Shirin shahridagi mahallalar beshligi bilan uchrashdi.

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Baxodir Mirzaraximov Boyovut tumani IIB rahbariyati bilan uchrashdi.

Asosan, tumandagi jinoyatchilik ahvoli hamda huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga eʼtibor qaratildi.

Bugungi kunda tumandagi aynan qizil va sariq toifadagilarni yashil toifadagi hududga aylantirish choralari bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

Shundan so‘ng vazir o‘rinbosari tumanning “Bunyodkor" hamda ”Iftixor" mahallalarida bo‘lib, profilaktika inspektori va mahalla faollari bilan jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish bo‘yicha suhbat olib bordi. Suhbat davomida mutasaddilarga jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish bo‘yicha ko‘rsatma va topshiriqlarini berib o‘tdi.

Shundan so‘ng vazir o‘rinbosari olib borilayotgan ishlarni o‘rganish maqsadida Shirin shahriga tashrif buyurdi. Dastlab, shahar IIB maʼmuriy binosida bo‘lib yaratilgan shart-sharoitlarini hamda jinoyatchilik ahvolini o‘rgandi va “Bunyodkor” hamda “A.Temur” mahallalarida mahalla beshligi bilan hududdagi kriminogen vaziyat to‘g‘risida suhbat olib bordi. Shuningdek, mahalla hududda yosh avlod bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashdi.

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Sirdaryo viloyatidagi o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech