6 Yanvar 2023 yil 274

Vazir o‘rinbosari Sardоba tumanidagi ijtimoiy vaziyat bo‘yicha o‘rganish olib bordi

Vazir o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakov ijtimoiy vaziyat bo‘yicha Sardoba tumanida bo‘lib, ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni o‘rgandi. Sardoba tumani Birlashgan MFYda bo‘lib, aholi bilan uchrashib, ularning turmush tarzini o‘rganib, aholi muammolarini hal etish hamda ijtimoiy obyektlarda yaratilgan shart-sharoitlar, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatlarini o‘rganib, fuqarolar bilan is gazidan zaharlanish holati bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Bundan tashqari, Vazir o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakov Sardoba tumaniga tashrif buyurib, tumandagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni o‘rgandi. Vazir o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakov tashrif chog‘ida Sardoba tumani tibbiyot birlashmasiga borib, yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib, shifoxonada davolanayotgan bemorlarni holidan xabar olib, ular bilan suhbatlashib, tibbiyot birlashmasini isitish tizimini ko‘zdan kechirib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan masʼullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi va ijrosi nazoratga olindi.

Text to speech