9 Yanvar 2023 yil 273

Vazir o‘rinbosari polkovnik Y.A.Abdulxakov Yangiyer shahriga tashrif buyurdi.

Vazir o‘rinbosari polkovnik Y.A.Abdulxakov ijtimoiy vaziyat bo‘yicha Sirdaryo viloyati Yangiyer  shahrida bo‘lib, Yangiyer shahar 4 ta sektor rahbarlari bilan  uchrashdi va Yangiyer shahar Z.Bobur mahallasida joylashgan «Yangiyer shahar Tibbiyot birlashmasiga» tashrif buyurib u yerdagi aholi uchun yaratilgan shart sharoitlar bilan o‘rganib tibbiyot birlashmasida faoliyat yurituvchi shifokorlar bilan suhbat o‘tqazdi. Bundan tashqari, shifoxonada davolanayotgan bemorlarni xolidan xabar olib, ular bilan suhbatlashib, tibbiyot birlashmasini isitish tizimini ko‘zdan kechirib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan masʼullarga tegishli ko‘rsatmalar berdi va ijrosini nazoratga oldi.

Shundan so‘ng Yangiyer shahar Davlatobod mahallasida bo‘lib, u yerda tashkil etilgan “Huquq tartibot maskani” bilan tanishib mahalla raisi va mahalla profilaktika inspektori kapitan H.Erkayev bilan suhbatlashdi hamda aholi bilan uchrashib, ularning turmush tarzini o‘rganib, aholi muammolarini hal etish hamda ijtimoiy ob'yektlarda yaratilgan shart-sharoitlar, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatlarini o‘rganib,  fuqarolar bilan is gazidan zaharlanish holati bo‘yicha yig'ilish o‘tkazdi.

Bundan tashqari, vazir o‘rinbosari polkovnik Y.A.Abdulxakov Yangiyer shahar Shodiyona va Davlatobod mahallarida joylashgan issiqxonada bo‘lib, yetishtirilayotgan poliz ekinlarining sifati va hosildorligi bilan tanishib, xalqimizning dasturxoni har doim to‘liq bo‘lishida shu kabi issiqxonalarni ko‘paytirish lozimligi bo‘yicha tuman sektor rahbarlariga topshiriqlar berdi.

Vazir o‘rinbosari polkovnik Y.A.Abdulxakov Yangiyer shahriga qilgan tashrifi davomida Yangiyer shahar A.Jomiy mahallasi hududida barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan tanishib chiqib, profilaktika inspektori va mahalla raisiga ushbu mahallada yashovchi fuqarolar kuz-qish mavsumida hech qanday qiyinchiliklarga uchramasligi va ularga mavsumda kerakli bo‘lgan barcha turdagi mahsulot va vositalarni ta'minlash, issiqlik elektr energiya bilan bog'liq muammolarni o‘z vaqtida bartaraf qilish yuzasidan kerakli topshiriq va ko‘rsatmalarni berib o‘tdi.

Text to speech