9 Yanvar 2023 yil 277

Vazir o‘rinbosari polkovnik Y.A.Abdulxakov Shirin shahriga tashrif buyurdi.

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik Y.A.Abdulxakov ijtimoiy vaziyat bo‘yicha Sirdaryo viloyati Shirin shahrida bo‘lib, Shirin shahar 4 ta sektor rahbarlari bilan uchrashdi va Shirin shahar M.Ulug‘bek mahallasida joylashgan «Sirdaryo IES»ga tashrif buyurib u yerdagi olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Shirin shahar Do‘stlik mahallasida joylashgan «Shirin shahar Tibbiyot birlashmasi»ga tashrif buyurib u yerdagi aholi uchun yaratilgan shart sharoitlar bilan o‘rganib tibbiyot birlashmasida faoliyat yurituvchi shifokorlar bilan suhbat o‘tqazdi. Bundan tashqari, shifoxonada davolanayotgan bemorlarni xolidan xabar olib, ular bilan suhbatlashib, tibbiyot birlashmasini isitish tizimini ko‘zdan kechirib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan masʼullarga tegishli ko‘rsatmalar berdi va ijrosini nazoratga oldi.

 Bundan tashqari, Vazir o‘rinbosari polkovnik Y.A.Abdulxakov Shirin shahar Farxod mahallasida joylashgan Shirin Agro Servis MCHJga qarashli issiqxonada bo‘lib, yetishtirilayotgan manzarali ekinlarni sifati va hosildorligi bilan tanishib, xalqimizning dasturxoni xar doim to‘liq bo‘lishida shu kabi issiqxonalarni ko‘paytirish lozimligi bo‘yicha tuman sektor rahbarlariga topshiriqlar berdi.

Vazir o‘rinbosari polkovnik Y.A.Abdulxakov Shirin shaharga qilgan tashrifi davomida Shirin shahar Farxod mahallasi hududida joylashgan 3-sonli MTMda bo‘lib, u yerda bolalar uchun yaratilgan shart sharoitlar bilan tanishib, isitish tizimini ko‘zdan kechirib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan masʼullarga muammolarni o‘z vaqtida bartaraf qilish yuzasidan kerakli topshiriq va ko‘rsatmalarni berib o‘tdi.

Text to speech