3 Yanvar 2023 yil 270

Vazir oʻrinbosari polkovnik Y.A.Abdulxakov Sirdaryo viloyatidagi ijtimoiy vaziyat boʻyicha oʻrganish olib bordi

Vazir oʻrinbosari polkovnik Y.A.Abdulxakov ijtimoiy vaziyat boʻyicha Sirdaryo viloyat hokimi A.A.Maxmudaliyev bilan Sirdaryo viloyatida boʻlib, ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni oʻrgandi. Shundan soʻng Xovos tumani Sohibkor MFYda boʻlib, aholi bilan uchrashib, ularning turmush tarzini oʻrganib, aholi muammolarini hal etish hamda ijtimoiy obyektlarda yaratilgan shart-sharoitlar, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatlarini oʻrganib, fuqarolar bilan is gazidan zaharlanish holati boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi.

Bundan tashqari, Vazir oʻrinbosari polkovnik Y.A.Abdulxakov Boyovut tumaniga tashrif buyurib, tumandagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni oʻrgandi. Vazir oʻrinbosari polkovnik Y.A.Abdulxakov tashrif chogʻida Boyovut tumani tibbiyot birlashmasiga borib, yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib, shifoxonada davolanayotgan bemorlarni holidan xabar olib, ular bilan suhbatlashib, tibbiyot birlashmasini isitish tizimini koʻzdan kechirib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan masʼullarga tegishli koʻrsatmalar berildi va ijrosi nazoratga olindi.

Text to speech