26 Avgust 2022 yil 421

"Vatanparvarlik oyligi"da “Vatanparvar” tashkiloti bilan “Zakovat”da raqobat.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 apreldagi PQ-5050-son qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etish konsepsiyasi ijrosini taʼminlash, Ichki ishlar organlari xodimlarini har qanday sharoitda davlat va xalq manfaatlariga xizmat qiladigan, milliy qadriyatlarga sodiq barkamol shaxs sifatida tarbiyalash ishlarini yana-da kuchaytirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirining tegishli farmoyishi asosida Ichki ishlar organlarida 2022 yil 01 avgustdan 01 sentyabrgacha “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish-oliy burchimiz!” shiori ostida “Vatanparvarlik oyligi” o‘tkazilishi belgilangan. “Vatanparvarlik oyligi” dasturi ijrosini taʼminlash maqsadida Boyovut tumani doirasida 26 avgust kuni tuman IIB shaxsiy tarkibi  Vatanparvarlik tashkilotiga qarashli Boyovut tumani o‘quv sport texnika klubi bilan hamkorlikda "Zakovat" intellektual o‘yini o'tkazildi. Ushbu intelektual o'yinda tajribali Ichki ishlar organi xodimlari faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi. Vatanparvarlik tashkilotiga qarashli Boyovut tumani o‘quv sport texnika klubi rahbariyati bundayin intellektual o'yinlarni hamkorlikda keyinchalik ham o'tkazish xodimlarning bilimlari va zukkoligini oshirishga xizmat qilishini aytib, tashabbus uchun Boyovut tumani IIB rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Boyovut tumani IIB

Text to speech