Vatanparvar o‘g‘lonlar mashqda
Ichki ishlar organlarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, xodimlarning maʼnaviy-maʼrifiy bilim saviyasini yuksaltirish, yuqori kasbiy tayyorgarlikka ega, jismonan va maʼnan yetuk, bilimli, halol, vatanparvar, mard va jasur etib tarbiyalash, ularni o‘qitish orqali respublikamizda olib borilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati tushuntirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 apreldagi PQ–5050-son qarori bilan tasdiqlangan ichki ishlar organlarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etish konsepsiyasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi IIVning Ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish-oliy burchimiz!” shiori ostida 2022 yilning 1 avgust kunidan 1 sentyabr kuniga qadar “VATANPARVARLIK OYLIGI”ni o‘tkazish to‘g‘risidagi farmoyishiga asosan, 2022 yil 12 avgust kuni Sardoba tumani IIB xodimlari Vatanparvarlik oyligi doirasida O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchisi "Vatanparvar " tashkiloti Sirdaryo viloyati kengashi tasarrufidagi Sardoba tumani o‘quv sport texnik klubiga tashrif buyurishib yaratilgan shart sharoitlar bilan tanishib, o‘q otish mashg‘ulotlarida qatnashib, amaliy ko‘nikmalarini oshirishdi.