29 Sentyabr 2021 yil 353

Vatanparvar oyligi doirasida Sayxunobod tumanidagi 4-sonli umumta’lim maktabida tadbir tashkil etildi.

Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘ining tashabbusi bilan Sirdaryo viloyati IIB TVBSO xodimlari tomonidan “Vatanparvarlik oyligi” doirasida tadbir tashkil etildi.

Hususan, Sayxunobod tumanida joylashgan 4-sonli umumta’lim maktabida «Yangi O'zbekiston yoshlari, birlashaylik!» shiori shiori ostida maktab o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda zamonaviy harbiy xizmatchi qanday bo‘lishi kerakligi, qanaqa bilim va ko‘nikmaga ega yoshlar harbiylikka tanlab olinishi haqida tushunchalar berildi. Tadbir davomida tashkil etilgan ko‘rgazmali chiqishlar yig‘ilganlarga o‘zgacha ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Albatta o'tkazilayotgan bu kabi tadbirlar ertamiz egalarining qalbida uzoq vaqt muhrlanib, kelajakda Vatanimiz ravnaqi yo'lida sidqidildan, vijdonan xizmat qilishga undashi, shubhasiz.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech