29 Sentyabr 2021 yil 532

Vatanparvar oyligi doirasida Oqoltin tumanidagi 10-sonli umumta’lim maktabida tadbir tashkil etildi.

Sirdaryo viloyati IIB boshlig'ining tashabbusi bilan Sirdaryo viloyati IIB TVBSO xodimlari tomonidan «Yangi O'zbekiston yoshlari, birlashaylik!» shiori ostida tadbir tashkil etildi.

Oqoltin tumani “Ahillik” MFYdagi 10-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi o'quvchilari tadbir davomida malakali mutaxassislar tomonidan qurol-aslahalar namoyishi va qo'l jangi bo'yicha ko'rgazmali chiqishlari o'tkazilib, yoshlar sohaning davriy taraqqiyoti hususida o'zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

Albatta o'tkazilayotgan bu kabi tadbirlar ertamiz egalarining qalbida uzoq vaqt muhrlanib, kelajakda Vatanimiz ravnaqi yo'lida sidqidildan, vijdonan xizmat qilishga undashi, shubhasiz.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech