22 Aprel 2022 yil 318

“Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz!” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Maʼnaviyat oyligi” doirasida Guliston tumanida hamkor tashkilotlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2022 yil 25 mart kunidagi 79-sonli farmoyishiga asosan joriy yilning 2 aprel kunidan 2 may kuniga qadar Ichki ishlar organlarida  “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Maʼnaviyat oyligi” doirasida joriy yilning 21 aprel kuni Guliston tumani Ichki ishlar bo‘limining tashabbusi bilan ichki ishlar organlarida hamda aholi o‘rtasida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, xodimlar va yoshlarni maʼnaviy-maʼrifiy bilim saviyasini yuksaltirish, yuqori kasbiy tayyorgarlikka ega, jismonan va maʼnan yetuk, bilimli, halol, vatanparvar, mard va jasur etib tarbiyalash, ularni o‘qitish orqali respublikamizda olib borilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati tushuntirish, shuningdek, ichki ishlar organlari xodimlari va aholining intellektual bilim va salohiyatini oshirish maqsadida Sirdaryo viloyati Guliston tumani Axborot-kutubxona markazida Guliston tumani Ichki ishlar bo‘limining Temurbek avlodlari”, Xalq taʼlimi bo‘limiga qarashli Kasb-hunar maktabining “Lider”, 32-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabining “Bilimdonlar” va 14-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabining “Kreativ” jamoalari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.  

O‘tkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yinida zukko, bilimdon va intellektual salohiyatga ega bo‘lgan yigit-qizlar Zakovat savol-javoblarida o‘z mahoratlarini namoyish etdilar.

Murosasiz, qizg‘in o‘tgan Zakovat o‘yinida Guliston tumani xalq taʼlimi bo‘limiga qarashli Kasb-hunar maktabining “Lider” jamoasining zukko xodimlari 1-o‘rinni, Guliston tumani IIBning Temurbek avlodlari” jamoasi 2-o‘rinni hamda Guliston tumani 32-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabining “Bilimdonlar” jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi. G‘olib jamoalar IIB boshlig‘ining diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Maʼnaviyat oyligi doirasida tashkil etilgan bu kabi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar bundan keyin ham davom etib, har bir xodimni vataniga, xalqiga va oilasiga bo‘lgan sadoqatini yana-da mustahkamlab, “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burch” ekanligini his qilgan holda halol xizmat olib borishini taʼminlaydi.

 Sirdaryo viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati

Text to speech