20 Iyun 2022 yil 441

“O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi Qonuni amalda samarali natija bermoqda

Barchaga maʼlumki, O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik qonunchiligi bu bir tekisda rivojlanayotgan tizim, tizimning bosh harakati esa fuqarolik qonunchiligini mukammallashtirish va soddalashtirishga, samarador huquqiy faoliyatini shakllantirish, fuqarolikka doir shaxsning huquq va erkinliklarini huquqiy mexanizmlarini mustahkamlashga qaratilgan.

Fuqarolik davlat qurilishining og‘ir masalalar turkumiga kiradi. Fuqarolik konstitutsiyaviy maqom elementi hisoblanib uning bor yoki yo‘qligi shaxsning huquq va majburiyatlarini hajmini aniqlaydi.

Davlatda doimiy yashab kelayotgan maʼlum ayrim shaxslarda fuqarolikning yo‘qligi, ijtimoiy muammolar manbasi bo‘lishi mumkin. Shuning uchun fuqarolikni qisqartirish va fuqarosizlik holati kelib chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik majburiyati xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan prinsipi, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ham fuqarosizlikni qisqartirish prinsipi asosiy maqsadlardan biri hisoblanadi.

Shu bilan bir qatorda, milliy fuqarolik qonunchiligini rivojlanishi va doimiy ravishda takomillashib borishi zarurligi, buning asosi esa mamlakatda siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda ro‘y berayotgan islohotlar ekanligini taʼkidlab o‘tish zarur.

 “Fuqarolik to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan o‘zgartish hamda qo‘shimchalar fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga tan olishning tartiblarini yana-da soddalashtirishga qaratilgan.

Tan olish instituti mutlaqo yangi institut bo‘lib MDHga aʼzo davlatlarning qonunchiligida nazarda tutilmagan, bir so‘z bilan aytadigan bo‘lsak, mamlakatimiz hududida o‘n besh yil davomida muqim istiqomat qilayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga tan olishni, qonuniy asoslarga muvofiq, to‘g‘ridan-to‘g‘ri fuqarolik olishni huquqiy asoslari yaratildi va aynan shu shartga muvofiq, o‘n besh yil muqim yashab kelayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxs tomonidan O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish uchun iltimosnoma bilan murojaat qilish zaruriyati qolmadi.

Qonunga kiritilgan o‘zgartish hamda qo‘shimchalar quyidagi yangiliklarni o‘z ichiga oladi:

2005 yil 1 yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan shaxslarini O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga tan olish;

o‘n besh yil davomida O‘zbekiston Respublikasi hududida fuqaroligi bo‘lmagan shaxs maqomida muqim yashab kelayotgan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga tan olish;

ota-onasidan biri O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga tan olingan bolalarni O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi deb tan olish;

- O‘zbekiston Respublikasi hududida tug‘ilgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasi asosida besh yil yashamasdan O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olish uchun iltimosnoma bilan murojaat qilish uchun huquqiy asos yaratildi.

Buning natijasida, viloyatimizda doimiy istiqomat qilib kelayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan 2020 yilda 2.264 nafar, 2021 yilda 2.546 nafar, joriy yilni o‘tgan davrida esa 418 nafar, jami 5.228 nafari O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga tan olindilar.

 Sirdaryo viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi

Text to speech