4 Noyabr 2021 yil 303

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari tashkil etilganligining 30 yilligi munosabati bilan Sirdaryo viloyati Ichki ishlar organlari tarixi “Ajdodlar izidan avlodlar” nomli kitobining taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 aprel kunidagi PQ-5050-son qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etish konsepsiyasiga asosan joriy yilning 2 noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari tashkil etilganligining 30 yilligi munosabati bilan chop etilgan Sirdaryo viloyati Ichki ishlar organlari tarixi “Ajdodlar izidan avlodlar” nomli kitobining taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Ushbu kitob taqdimoti Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari tashkil etilganligining 30 yilligi munosabati tashkil etilgan bayram tadbirida oʻtkazilib, unda Sirdaryo viloyati hokimi, viloyat idora va tashkilot rahbarlari, viloyat rahbariyati va shaxsiy tarkibi, faxriylar hamda muqaddam Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi lavozimida xizmat qilgan faxriylar ishtirok etishdi. Kitob taqdimoti davomida ushbu kitoblar tadbirga tashrif buyurgan mehmonlarga taqdim qilindi.

“Ajdodlar izidan avlodlar” kitobida Sirdaryo viloyatining tarixi, iqtisodiy va maʼnaviy-madaniy taraqqiyot yoʻli, ichki ishlar organlarida halol, beminnat xizmat qilgan xodimlar, oʻzlarining aziz jonlarini xavf ostiga qoʻyib boʻlsa ham burchlarini sharaf bilan bajargan, kechani kecha, kunduzni kunduz demay oʻz hayotini el-yurt tinchligini saqlashga, jinoyatchilikka qarshi kurash ishiga bagʻishlagan otashqalb insonlar, beorom qalb egalari haqida hikoya qilinadi.

Kitobdagi voqealarda 1963 yildan boshlab yaʼni, Sirdaryo viloyati tashkil etilganidan boshlab hozirgi kunga qadar boʻlgan vaqt oraligʻida Sirdaryo viloyati ichki ishlar organlari tarixi, ichki ishlar organlari sohasida amalga oshirilgan islohotlar, shuningdek viloyat ichki ishlar boshqarmasi va tizimdagi xizmatlar, shahar-tumanlar ichki ishlar boʻlimlari faoliyati, fidoyi insonlar, har bir shahar-tumandagi eng esda qolarli ishlar, jinoyatchilikka qarshi kurash, jamoat tartibini saqlash borasidagi hayajonli voqealar haqida batafsil maʼlumotlar berilgan.

Sirdaryo viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati.

 

Text to speech