29 Avgust 2022 yil 297

O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi masʼullari tomonidan IIO tizimidagi yetakchilar faoliyati sarhisob qilinmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 7 iyul kunidagi 310-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “2022-2023 yillarda O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish dasturi”ning 16-bandiga asosan joriy yilning sentyab-oktyabr oylarida O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqining navbatdagi Qurultoyini o‘tkazish belgilangan.

Ushbu dastur ijrosini taʼminlash maqsadida O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashi hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari kuch tuzilmalarining 2017 yil 28 dekabrdagi QQ-128-sonli O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqining Mudofaa, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari, Ichki ishlar vazirligi harbiy qism, bo‘linma, muassasalari va Davlat Bojxona Qo‘mitasi tizimida boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi qo‘shma qaroriga muvofiq Qurolli kuchlar kuch tuzilmalari boshlang‘ich tashkilotlarida Hisobot-saylov yig‘ilishlarini yuqori saviyada o‘tkazish va boshlang‘ich tashkilot yoshlar yetakchisini qayta saylash hamda delegatlarni saylash maqsadida joriy yilning 29 avgust kuni viloyati Yoshlar Markazi binosida tuzilma yetakchilari bilan o‘tkazilgan suhbat jarayonida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi harbiy bo‘lim mutaxassisi Tajimuratova Nargiza, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati kengashi raisi Raxmonov Aziz Kozimjon o‘g‘li va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati kengashi harbiy bo‘lim mutaxassisi mayor Irisboyev Eldor Hasanovichlar rahbarligida Sirdaryo viloyati IIO tizimlaridagi O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkilot yetakchilari ishtirok etishdi.

Bo‘lib o‘tgan suhbat jarayonida yoshlar bilan amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi va amaldagi yetakchilarning ish faoliyati va bilim salohiyatiga baho berilib har biri egallab turgan lavozimiga munosib ekanligi, bejizga yoshlar ishonch bildirib ularni saylashmaganligiga ishonch hosil qilishib ish faoliyatlariga ijobiy baho berib, keyingi faoliyatlari mobaynida amalga oshirishlari lozim bo‘lgan tizimlar belgilab berildi.

Sirdaryo viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati.

Text to speech