O‘quvchilarni qonunlarga hurmat va milliy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda ichki ishlar organlari va taʼlim muassasalari hamkorligi
O‘zbekiston Respublikasi IIVning 25.06.2024 yildagi 345-sonli buyrug‘i, viloyat IIB hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasining qo‘shma chora-tadbirlar dasturiga asosan Sirdaryo viloyatidagi 11 ta tuman va shaharlardan 1 tadan maktablar viloyat ichki ishlar organlarining tuman (shahar) ichki ishlar bo‘linmalari boshliqlari tomonidan otaliqqa olingan bo‘lib, doimiy ravishda maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi bilan hamkorlikda maktab o‘quvchilarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, ularni qonunga itoatkor, huquqbuzarlikka toqatsizlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladigan taʼlim jarayonini tashkil etish va natijadorligini oshirishga uslubiy-metodik ko‘maklashish, o‘quvchilarda yuksak vatanparvarlik va fidoyilik xislatlarini bosqichma-bosqich shakllantirish orqali ular orasidan ichki ishlar organlari tizimi uchun kadrlar zaxirasini yaratish tizimini yo‘lga qo‘yish, o‘quvchilarning bandligini taʼminlash maqsadida qiziqishidan kelib chiqib, ularni kasb-hunar hamda fan to‘garaklariga yo‘naltirish choralarini ko‘rish va boshqa bir qator vazifalar yuklatilgan.
Joriy yilning 10 sentyabr kuni Vazirlik Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti masʼul xodimi hamda IIV Sirdaryo akademik litseyi direktori birgalikda ushbu maktablarga tashrif buyurilgan holda, yuqoridagi vazifalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ahvoli o‘rganildi.
Jumladan, hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy, sport, davra suhbati, viktorina va zakovat tadbirlari, maktab sig‘imi, o‘quvchilar soni, bitiruvchilar bandligi masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Shuningdek, Vazirlik Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti masʼul xodimi tomonidan o‘quvchilarning bilim saviyalarini aniqlash maqsadida savol-javob tarzida qiziqarli viktorina tashkil etilib, faol qatnashgan o‘quvchilarga badiiy kitob hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Bundan tashqari, IIV Sirdaryo akademik litseyi Huquqiy va ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi o‘qituvchilari bilan tomonidan litsey o‘quvchilarida ichki ishlar organlari xodimlari uchun zarur bo‘lgan dastlabki kasbiy bilim, yuksak vatanparvarlik va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirishni nazarda tutadigan Vazirlik Akademiyasiga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilib, o‘zaro fikr-mulohazalar almashinildi. Akademik litseyning Davlat va huquq asoslari, tarix, tarbiya va maxsus fanlar o‘qituvchilarining faoliyatlari o‘rganilib, xato va kamchiliklar tahlil qilindi. Ushbu masalalar bo‘yicha kafedra o‘qituvchilariga kerakli tavsiyalar berildi.