31 Mart 2022 yil 551

Hududlarda “Yashil makon” umummilliy loyihasi tadbirlari davom etmoqda.

Maʼlumki, so‘nggi yillarda mamlakatimizda ko‘kalamzorlashtirish, daraxt va butalarni muhofaza qilish hamda yashil maydonlarni kengaytirish borasida tizimli choralar ko‘rilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi “Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yana-da samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-46-son Farmonida bu borada aniq vazifalar belgilab berilgan.

Unga ko‘ra, yurtimizni ekologik tahdidlarning salbiy taʼsiridan himoya qilish maqsadida barcha hududlarda “Yashil makon” umummilliy loyihasi tadbirlari muntazam tashkil etib kelinmoqda.

Ushbu Farmon ijrosini taʼminlash, xususan, “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishga faol hissa qo‘shish maqsadida joriy yilning mart oyi davomida Boyovut tuman IIB M va FRB xodimlari manzarali va mevali daraxtlar, gul ko‘chatlari ekib, obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirdilar.

Boyovut tuman IIB Mva FRB xodimlari ko‘kalamzorlashtirish, daraxt va butalarni muhofaza qilish, yashil maydonlarni kengaytirish kabi xayrli ishlarda o‘z ishtiroklarini yana-da faol davom ettirishni maqsad qilgan.

Text to speech