29 May 2023 yil 287

Turar joyda doimiy yoki vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tib yashovchilar soni to‘g‘risidagi maʼlumotnoma olish endi qulay usulda

Uyingizda ro‘yxatdan o‘tib yashayotganlar to‘g‘risidagi maʼlumotnoma, yaʼni o‘sha sizga yaxshi tanish bo‘lgan 17-formasi kerakmi?

Bu endi juda oson!

Ushbu maʼlumotnoma uchun Ichki ishlar bo‘limlariga borish va navbat kutish shart emas. Uni my.gov.uz Yagona interaktiv davlat xizmatlari orqali masofadan turib olish imkoniyati yaratilgan.

My.gov.uz tizimiga kirib, “Doimiy yashash joyida ro‘yxatdan o‘tib yashovchilar soni to‘g‘risida maʼlumotnoma” xizmatini tanlang va maʼlumotnomani onlayn shakllantiring.

Xizmat avtomatlashtirilgan va qisqa muddatda taqdim etiladi.

Hozirgi kunda Sirdaryo viloyati IIB MvaFRB hamda uning joylardagi bo‘linmalari tomonidan my.gov.uz Yagona interaktiv davlat xizmatlari orqali doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatga qo‘yish, my.gov.uz orqali manzilni to‘g‘rilash bo‘yicha kelib tushayotgan elektron arizalar bir ish kuni mobaynida ko‘rib chiqilib, tegishli tartibda tasdiqlanmoqda.

My.gov.uz – davlat xizmatlarining yangicha ko‘rinishi!

 Sirdaryo viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi

Text to speech