5 Iyul 2022 yil 348

Tuman IIB xodimlariga psixologik treninglar o‘tkazilib kelinmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2022 yil 7 iyun kunidagi 135-sonli Farmoyishi hamda Sirdaryo viloyati Ichki  ishlar boshqarmasi boshlig‘ining 2022 yil 10 iyun kunidagi “Sirdaryo viloyati Ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylikka rioya etilishini mustahkamlash hamda “Temir intizom va halollik–muvaffaqiyat kaliti” shiori ostida “Intizom oyligi”ni o‘tkazish to‘g‘risida”gi 67-sonli Farmoyishini ijrosini taʼminlash maqsadida Sayxunobod tumani IIB shaxsiy tarkibi orasida bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Jumladan: tuman Ichki ishlar bo‘limida xizmat olib borayotgan xodimlarning psixologik xususiyatlarni rivojlantirish maqsadida Sayxunobod tumani Xalq taʼlimi bo‘limida faoliyat olib borayotgan malakali psixolog Dustnazarova Nargiza Gaybullayevna taklif etilib, xodimlarning idoraviy xususiyatlarini mustahkamlash, zo‘riqish, stress va tushkunlik holatlarini oldini olish hamda favqulodda ekstremal vaziyatlarda qaror qabul qilish qobiliyatini shakllantirishga qaratilgan psixologik treninglar o‘tkazilib kelinmoqda. O‘tkazilayotgan psixologik treninglarda shaxsiy tarkibning aqliy salohiyati, teran fikrlash darajasi, dunyoqarashlarini yana-da rivojlantirish bo‘yicha psixologik maslahatlar va tavsiyalar berildi.

Text to speech