O‘tgan 2023 yil davomida Sirdaryo tumani IIB M va FRB tomonidan 9200 nafar fuqarolarga ID-kartalar rasmiylashtirib berildi.
O‘zbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida 2020-yil 22-sentyabrdagi PF-6065 sonli Farmoni ijrosini taʼminlash yuzasidan tuman IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi tomonidan bir qator ishlar amalga oshiridi.
Xususan, 2023 yil o‘tgan davr mobaynida jami Sirdaryo tumani IIB M va FRB tomonidan 9200 nafar fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining yangi namunadagi identifikatsion ID-kartalari rasmiylashtirib berildi. Shulardan 6200 nafar fuqarolarga biometrik pasport almashtirganligi, qolgan 3000 ming nafar fuqarolar 16 yoshga to‘lgan hamda birinchi marotaba pasport olayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini tashkil etadi.
Shuningdek, Sirdaryo tumani aholsini ID-kartalar bilan hujjatlashtirish kelgusida ham amalga oshirilib fuqarolarga qulaylik yaratib boriladi.
Sirdaryo tumani IIB M va FRB