Tezkor tadbir natijasida Xovos tumanidagi xonadonlardan birida 2 tup nasha oʻsimligi va 3 kilogramm marixuana giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.
Sirdaryo viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi Giyohvandlik vositalarini qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish boʻlimi tezkor xodimlari tomonidan Xovos tumani hududida “Qora dori 2022” keng qamrovli profilaktik-tezkor tadbiri davomida, olingan tezkor maʼlumot asosida, Xovos tumani Istiqlol mahallasidagi xonadonlardan biri xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, xonadon tomorqasida 2,5 kvadrat metr maydonda 2 tup uzunligi 2-2,5 metr boʻlgan, “Nasha” giyohvandlik oʻsimliklari, agro texnik ishlov berilgan holatda, oʻsib turganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan. Shundan soʻng, tezkor tadbir davom ettirilib, xonadon qoʻshimcha xoʻjalik xonalari xolislar ishtirokida tekshirilganda, xonadon omborxonasi va ustaxonasida, 4 dona 3 litr hajmdagi, 1 dona 2 litr hajmdagi va 2 dona 1 litr hajmdagi shisha idish (banka) larda, 2 dona gugurt qutilarga, mato ustida marixuana giyohvandlik vositasiga oʻxshash vositalari, nasha giyohvand oʻsimliga oʻxshash oʻsimlik poyalari, 2 dona qirqilgan giyohvandlik vositi isteʼmol qilishda foydalanilgan yelim idishlar hamda uyning mehmonxonasi shkafidagi erkaklar kostyumi choʻntagidan qogʻoz boʻlagiga oʻralgan, giyohvandlik vositasi isteʼmol qilishda foydalanilgan deb gumon qilingan qoʻlbola usulda yasalgan moslama (mushtuk) borligi aniqlanib ashyoviy dalil sifatida olingan.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv jarayonida, ushbu xonadonda yashovchi, A.B ushbu nasha giyohvandlik oʻsimliklariga oʻxshash oʻsimliklarni ekib, parvarishlab hamda xonadonida marixuana giyohvandlik vositasiga oʻxshash vositalarni saqlab kelganligi aniqlandi.
Tezkor tadbir jarayonida A.Bning tomorqasida 2 tup nasha oʻsimligi va 3 kilogramm 314 gramm marixuana giyohvandlik vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan A.Bga nisbatan Xovos tuman IIB Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda