17 Dekabr 2021 yil 392

Tezkor tadbir davomida noqonuniy pirotexnika vositalari aniqlandi.

Joriy yilning 15-dekabr kuni Sirdaryo viloyati IIB TEQKB xodimlari tomonidan Guliston shahar hududida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida 1990 y.t, Guliston tumani, Mustaqillik MFYda yashovchi, N.Nga boshqaruvida boʻlgan Neksiya-3 rusumli avtomashina toʻxtatib tekshirilganda, uning yukxonasida “GEPARD-16” nomli 1 dona (150.000 soʻmlik) salyut, “VOLK-16” nomli 1 dona (120.000 soʻmlik) salyut, “7 SHONS” nomli 4 dona (200.000 soʻmlik) salyut, “NOVIY VEK” nomli 3 dona (105.000 soʻmlik) salyut, “Zolotoy pesok-10” nomli 7 dona (119.000 soʻmlik) salyut, “Solovoy razboynik” nomli 12 dona (30.000 soʻmlik) hamda “BRITANIK” nomli 22 blokda 12.045 dona (770.000 soʻmlik) jami 1.494.000 (bir million toʻrt yuz toʻqson toʻrt ming) soʻmlik pirotexnika vositalari borligi aniqlanib, holislar ishtirokida bayonnoma rasmiylashtirilib olindi.

Holat yuzasidan fuqaro N.Nga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 1851-moddasi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Boshqarma TEQKB

Text to speech