26 Aprel 2022 yil 440

Tezkor tadbir davomida giyohfurushlar qoʻlga olindi.

Joriy yilning 14 aprel kuni viloyat IIB JQB, DXX Sirdaryo viloyat boshqarmasi hamda viloyat Bojxona boshqarmasi va tezkor xodimlari bilan hamkorlikda Guliston shahar hududida o‘tkazilgan “Nazorat ostida olish” tezkor tadbiri davomida, ismi sharifi shartli o‘zgartirilgan Alisher ismli shaxs tadbirga xaridor sifatida jalb etilgan “Nodir” ismli shaxs bilan Guliston shahar hududida uchrashib, maxsus kukun bilan ishlov berilgan 700.000 so‘m miqdordagi pullarni olib, giyohvandlik vositasini berganidan so‘ng, 14 apreldan 15 aprel kuniga o‘tar kechasi Alisher  “Nodir” ismli shaxs bilan Guliston shahrida uchrashib, savdo do‘koniga kirgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlanib, xolislar ishtirokida shaxsiy tintuv qilinganda, uning egnidagi qora sport kiyim ichki chap cho‘ntagida tadbirda foydalanilgan maxsus kukun bilan ishlov berilgan 700.000 so‘m miqdordagi pullar borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shuningdek, “Nodir” ismli shaxs Alisherdan 700.000 so‘m pul evaziga sotib olgan, sellofan bo‘lagiga o‘ralgan, jigar rangli, o‘zidan o‘tkir hid taratuvchi, taxminan og‘irligi 1,5-2 gramm bo‘lgan gashish giyohvandlik vositasini xolislar ishtirokida taqdim etgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda.

Text to speech