16 Aprel 2022 yil 1167

Tezkor! Sirdaryoda ijtimoiy tarmoqlar orqali terroristik g‘oyalarni targ‘ib qilgan bir guruh shaxslar ushlandi, ulardan 2 nafari Suriyaga ketmoqchi bo‘lgan

O‘zbekiston Respublikasi DXX Sirdaryo viloyati bo‘yicha Boshqarmasi va viloyat Ichki ishlar Boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida, Suriyadagi “Katibatul Tavhid va Jihod” xalqaro terroristik tashkiloti aʼzolari tomonidan ochilgan “virtual guruh”ga aʼzo bo‘lib, undagi aqidaparastlik materiallarni boshqalarga tarqatib kelgan 7 nafar shaxslar ushlandi.

Ushbu fuqarolar, Suriyadagi jangarilar rahnamolarining onlayn darslarida ishtirok etib kelishgan va maʼlum muddat ichida ulardan 2 nafari (2001 yilda tug‘ilgan M.O.” va 2002 yilda tug‘ilgan M.M.”) radikal g‘oyalar taʼsiriga tushib, Suriyaga chiqib ketishga tayyorgarlik ko‘rishgan. Yashash joylarida o‘tkazilgan tintuv jarayonida, qo‘lga olinganlardan jinoyatga aloqador ashyoviy dalillar rasmiylashtirib olindi.

To‘plangan materiallar asosida, O‘zbekiston Respublikasi DXX Sirdaryo viloyati bo‘yicha Boshqarmasi tergov bo‘limi tomonidan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hozirda jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.

 Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech