Tezkor! Sirdaryo viloyatidan Suriyadagi terroristik tashkilot safiga chiqishni rejalashtirgan shaxs qo‘lga olindi
DXX Sirdaryo viloyati bo‘yicha Boshqarmasi va Sirdaryo viloyati Ichki ishlar Boshqarmasi tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida, Sirdaryo viloyatida yashovchi, “R.A.”ning Suriyadagi terroristik tashkilot tarafdorlari safiga chiqib ketishi oldi olindi.
Xususan, “R.A.” 2017-2021 yillarda RFning Sankt-Peterburg shahrida ishlashi davomida, internet orqali Suriyadagi terroristik tashkilot aʼzolarining taʼsiriga tushib, “Telegram”da yoshlarga ekstremistik g‘oyalarni targ‘ib qiluvchi audio va video materiallarni jo‘natib, ularni yollash va yoshlarni Turkiya orqali Suriyaga jo‘natish bilan shug‘ullangan. Shuningdek, “R.A.” Turkiya davlati orqali Suriyadagi terroristik tashkilot safiga chiqib ketishi vaqtida ushlanib, O‘zbekistonga olib kelindi.
Hozirda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati