Test sinovlarini o‘tkazishda “Face ID” tizimi orqali abituriyentlarning biometrik va pasport maʼlumotlari tekshirilib, nazorat qilinmoqda
Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi Sirdaryo viloyati bo‘limida o‘tkazilayotgan oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun test sinovlarida abituriyentlarning biometrik va pasport maʼlumotlarini tekshirish orqali nazoratdan o‘tkazilmoqda.
Nazorat o‘tkazish punktlarida Sirdaryo viloyati Ichki ishlar organlari Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmatlari tomonidan maxsus planshet qurilmalaridan foydalangan holda abituriyentlarni “Face ID” tizimi orqali shaxsini aniqlash choralari ko‘rilmoqda. Boshqa shaxslar o‘rniga imtihonga kirish holatlari aniqlanganda abituriyent o‘rniga imtihon topshirishga kelgan shaxslarga qonunchiligimizda belgilangan tartibda choralar ko‘rilmoqda.
Test sinovlari o‘tkaziladigan obyektlar va ularning atrof-hududida jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni taʼminlash bilan birgalikda shubha tug‘dirgan abituriyentlarni biometrik va pasport maʼlumotlarini tekshirish uchun mo‘ljallangan maxsus planshet qurilmasi yordamida ularning yuz ko‘rinishi(Face ID)dan biometrik va pasport maʼlumotlarini tekshirish orqali shaxsini aniqlash mexanizmi ishlab chiqilgan.
Bu tizim test sinovlari o‘tkazishda oshkoralik va shaffoflikni taʼminlash, kirish imtihonlar o‘tadigan Oliy taʼlim muassasalari hududida begona shaxslar hozir bo‘lishining oldini oladi.
Test imtihonlariga bir abituriyent o‘rniga boshqa odam kirishining oldini olish maqsadida Bilim va malakalarni baholash agentligi Sirdaryo viloyati bo‘limining kirish joylarida nazorat o‘tkazish punktlari tashkil etilgan. Ushbu joylarda yuzni tanib oluvchi kameralar o‘rnatilib, bu kameralar orqali imtihonga abituriyent yoki boshqa shaxs kelganligi aniqlanadi. Ushbu kameralarda abituriyentning shaxsi uning fotosurati orqali aniqlanmagan hollarda, Sirdaryo viloyati Ichki ishlar organlari Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimlari tomonidan abituriyentlarning biometrik va pasport maʼlumotlarini tekshirish orqali ularning shaxsiga aniqlik kiritiladi.
Eslatib o‘tamiz, bu yilgi test sinovlari joriy yilning 14 iyul sanasidan boshlangan.
Sirdaryo viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi