12 Avgust 2022 yil 431

Test sinovlarini o‘tkazishda abituriyentlar biometrik va pasport maʼlumotlari asosida tekshirilib nazorat qilinmoqda

Bu yil oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun test sinovlarida abituriyentlarning biometrik va pasport maʼlumotlarini tekshirish orqali nazoratdan o‘tkazilmoqda.

Nazorat o‘tkazish punktlarida Sirdaryo viloyati IIBga tegishli planshet qurilmalaridan foydalangan holda abituriyentlarni shaxsini aniqlash choralari ko‘rilmoqda. Boshqa shaxslar o‘rniga imtihonga kirish holatlari aniqlanganda abituriyent o‘rniga imtihon topshirishga kelgan shaxslarga qonunchiligimizda belgilangan tartibda choralar ko‘riladi.

Test sinovlari o‘tkaziladigan obyektlar va ularning atrof-hududida jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni taʼminlash bilan birgalikda shubha tug‘dirgan abituriyentlarni biometrik va pasport maʼlumotlarini tekshirish uchun mo‘ljallangan maxsus planshet qurilmasi yordamida ularning yuz ko‘rinishidan biometrik va pasport maʼlumotlarini tekshirish orqali shaxsini aniqlash mexanizmi ishlab chiqilgan.

Bu tizim test sinovlari o‘tkazishda oshkoralik va shaffoflikni taʼminlash – kirish imtihonlar o‘tadigan OTM hududida begona shaxslar hozir bo‘lishining oldini oladi.

Test imtihonlariga bir abituriyent o‘rniga boshqa odam kirishining oldini olish maqsadida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida joylashgan “Guliston shahar markaziy o‘yingohi”ning kirish joylarida nazorat o‘tkazish punktlari tashkil etilgan. Ushbu joylarda yuzni tanib oluvchi kameralar o‘rnatilib bu kameralar orqali imtihonga abituriyent yoki boshqa shaxs kelganligiga aniqlanadi. Ushbu kameralarda abituriyentning shaxsi uning fotosurati orqali aniqlanmagan hollarda, Sirdaryo viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimlari tomonidan abituriyentlarning biometrik va pasport maʼlumotlarini tekshirish orqali ularning shaxsiga aniqlik kiritiladi.

Eslatib o‘tamiz, bu yilgi test sinovlari ochiq maydonlarda 8 avgust sanasidan boshlangan.

 Sirdaryo viloyati IIB MvaFRB

Text to speech