22 Iyun 2022 yil 332

“Temir intizom va halollik-muvaffaqiyat kaliti” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Intizom oyligi” davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2022 yil 7 iyun kunidagi Farmoyishiga muvofiq “Temir intizom va halollik-muvaffaqiyat kaliti” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Intizom oyligi” doirasida Sirdaryo viloyat IIB JXX JTSB tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Jumladan, joriy yilning 10 iyun kunidan 10 iyul kuniga qadar “Intizom oyligi” belgilanganligi Sirdaryo viloyat IIB JXX JTSB shaxsiy tarkibiga yetkazilib, xodimlar o‘rtasida muhokama qilindi.

 Shuningdek, 10 kunlik qilingan ishlar davomida, 24 nafar xodimlar bilan yakka tartibda suhbatlar o‘tkazilib, 7 nafar xodimlar rasmiy ravishda ogohlantirildi, 23 nafar xodimlarning shaxsiy va xizmat avtomashinalarining hujjatlari tekshirildi hamda 217 nafar xodimlardan “Intizom oyligi” davomida qonunchilik va xizmat intizomiga rioya qilishga, xizmat vaqtida spirtli ichimlik ichmaslik, avtotransport vositalarini hujjatsiz boshqarmaslik, fuqarolar bilan xushmuomalada bo‘lish, tamagirlik va poraxo‘rlikka yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan tilxatlar olindi.

Bundan tashqari, xodimlarning oila aʼzolari ishtirokida uchrashuv va muhokama yig‘ilish tashkil etilib, 5 nafar xodimlar oila aʼzolari oldida rag‘batlantirildi. Xodimlarning to‘liq xizmatdan tashqari vaqtlarda ham nazorat qilish maqsadida, ularning yashash joylariga borilib, ularning oila aʼzolari bilan uchrashib, xodimlarning bo‘sh vaqtlarida nimalar bilan mashg‘ul bo‘lishlari o‘rganilib kelinmoqda. Xodimlarning xizmatda va xizmatdan tashqari vaqtlarda doimiy nazorat qilish maqsadida bu kabi tadbirlar muntazam ravishda o‘tkazilib kelinmoqda.

 Boshqarma JXX JTSB

Text to speech