16 Avgust 2022 yil 240

Temir intizom — muvaffaqiyat kaliti

Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘ining 2022 yil 1 avgust kunidagi Ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish-oliy burchimiz!” shiori ostida 2022 yil 1 avgust kunidan 1 sentyabr kuniga qadar “VATANPARVARLIK OYLIGI”ni o‘tkazish to‘g‘risidagi 80-sonli farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida Boshqarma Transportda xavfsizlikni taʼminlash bo‘limida saf ko‘rigi va saf tayyorgarligi mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2019 yil 08 avgust kunidagi “Ichki ishlar organlarida formali kiyim-boshni kiyib yurish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i talablari tanishtirilib, ushbu buyruq talablari asosida xizmat kiyimlarini kiyib yurishlari qoidalariga to‘liq amal qilish to‘g‘risida qo‘shimcha yo‘riqnomalar berildi va qolgan kamchiliklar xodimlar tomonidan bartaraf etildi.

Saf ko‘rigi yakunida tuman IIB rahbariyati va masʼul xodimlar tomonidan shaxsiy tarkibning xizmat kiyimlarini kiyib yurish tartib qoidalariga rioya qilishlariga, tashqi ko‘rinishlari, xizmat guvohnomalari va tabel qurollarining biriktirilganligi hamda saf tayyorgarligi bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni egallaganligiga alohida eʼtibor qaratildi. Shundan so‘ng, shaxsiy tarkib bilan saf tayyorgarligi mashg‘ulotlari o‘tkazildi, bunda xodimlarga safdan chiqishlari, safga turishlari, harbiycha salomlashish va tantanali yurishlar to‘g‘risida nazariy va amaliy tushunchalar berildi.

Boshqarma Transportda XTB

Text to speech