25 Fevral 2022 yil 273

Tayinlangan jazodan to‘g‘ri xulosa chiqarmagan nazorat ostidagi shaxslarga og‘irroq jazo tayinlandi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzaobod tuman sudi binosida navbatdagi sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Mazkur sud majlisida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 122-moddasi 2-qismi bilan sudlanib JKning 74-moddasi qo‘llanilib 1 yil 3 oy 26 kun muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan, Mirzaobod tumani IIB Probatsiya guruhida hisobda turuvchi nazorat ostidagi shaxs I.O, o‘ziga tayinlangan jazodan to‘g‘ri xulosa chiqarmasdan, jazo o‘tashdan bo‘yin tovlaganligi uchun o‘talmagan 1 yil 3 oy 26 kun axloq tuzatish ishlari jazosi ozodlikni cheklash jazosiga almashtirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan sudlanib JKning 74-moddasi qo‘llanilib 4 yil 11 oy 25 kun muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan, Mirzaobod tumani IIB Probatsiya guruhida hisobda turuvchi nazorat ostidagi shaxs M.A, o‘ziga tayinlangan jazodan to‘g‘ri xulosa chiqarmasdan, jazo o‘tashdan bo‘yin tovlaganligi uchun o‘talmagan 4 yil 11 oy 25 kun axloq tuzatish ishlari jazosi ozodlikni cheklash jazosiga almashtirildi.

Shuningdek, o‘ziga tayinlangan jazodan to‘g‘ri xulosa chiqarib, tuzalish yo‘liga o‘tganligi uchun, Probatsiya guruhida hisobda turuvchi nazorat ostidagi shaxslar Yu.I, M.D, B.Sh hamda I.Yalarni o‘talmay qolgan jazo muddatlari, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 73-moddasiga asosan jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi.

Sud majlisi davomida Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzaobod tuman sudi raisi F.Yu.Suvankulov tomonidan nazorat ostidagi shaxslarga huquqiy tushunchalar berildi.       

 Mirzaobod tumani IIB Probatsiya bo‘limi.

Text to speech