Tashkiliy boshqarma Yuridik taʼminlash guruhi tomonidan Sirdaryo viloyati IIB shaxsiy tarkibi oʻrtasida oʻquv seminar oʻtkazildi.
Sirdaryo viloyati IIB Tashkiliy boshqarma Yuridik taʼminlash guruhi yetakchi yuriskonsulti mayor J.R.Abdusamatov tomonidan 2022-yil 29-martdagi Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga qiynoqqa solishdan jabrlanganlarga yetkazilgan zararni qoplash tartibini takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi
OʻRQ-761-son qonunning mazmun-mohiyatini yetkazish boʻyicha oʻquv seminari oʻtkazildi.
Oʻquv seminari davomida shaxsiy tarkibga Fuqarolik kodeksining 991-moddasining birinchi qismi “qonunga xilof tarzda berish” degan soʻzlardan keyin «shuningdek har qanday qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash» degan soʻzlar bilan hamda 1021-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi “ushlab turish” degan soʻzlardan keyin “shuningdek har qanday qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash” degan soʻzlar bilan toʻldirilganligini yetkazilib, qonunning mazmun mohiyatlari tushuntirildi.