24 Avgust 2021 yil 570

Tashkil etilgan koʻchma postda oʻtkazilgan tadbirda yonida marixuana olib yurgan shaxs aniqlandi

Oʻzbekiston Respublikasi IIV ning 153-sonli farmoyishi ijrosi yuzasidan Oqoltin tuman xududida tashkil etilgan “Salyar” koʻchma postda viloyat IIB JQB tezkor xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Sardoba shaharchasida yashovchi fuqaro Z.T. toʻxtatilib, xolislar ishtirokida shaxsiy tintuv qilingan vaqtda, uning egnida boʻlgan shimining chap choʻntagidan, shaffof rangli, sellofan paketchaga solingan, marixuana giyohvandlik vositasiga oʻxshash vosita borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Sud kimyo ekspertizasining xulosasiga koʻra, fuqaro Z.T.dan olingan oʻzidan oʻtkir xid tarqatuvchi, oʻsimlik moddalari tarikibida faol giyohvand modda, tetragidrokannabinol mavjud boʻlib, bu moddalar-marixuana deb atalishligi va marixuananing ogʻirligi-6.6 grammga tengligi aniqlangan.
Mazkur xolat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech