20 Sentyabr 2022 yil 267

“Tana vaznini kamay-tirish va meʼyorda saqlash qoidalari” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi PF-6099-son “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to'g‘risida”gi Farmoni hamda ichki ishlar vazirligining joriy yilning 07 sentyabr kunidagi 198-sonli Farmoyishiga asosan 2022 yil 10 sentyabrdan 10 oktyabrga qadar bo‘lgan bir oylik muddat “Kasbiy tayyorgarlik oyligi” deb eʼlon qilinganligi bois, ushbu Farmoyishning ijrosini taʼminlash maqsadida Sayxunobod tuman IIB shaxsiy tarkibi bilan belgilangan chora-tadbirlar rejasiga asosan, “Tana vaznini kamay-tirish va meʼyorda saqlash qoidalari” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi. 

Mahorat darsida hozirgi kunda ko‘p uchrayotgan kasalliklar yurak qon tomir kasalliklari, endokrinologik kasalliklar va ularning oqibatida kelib chiqadigan asoratlar, semizlik va uning oqibatlari, o‘tkir respirator kasalliklarning oldini olish, kelib chiqish sabablari to‘g‘risida o‘zining tushunchalar berib o‘tildi. Shu bilan bir qatorda, kuz-qish mavsumida o‘tkir gastroenteriologik kasalliklarning ko‘p uchrashi, ularning oqibatlari, kelib chiqish sabablari to‘g‘risida aytib o‘tilib, har bir xodim sanitar-gigiyenik qoidalarga rioya etishlari kerakligi to‘g‘risida tushunchalar berildi.

Text to speech