Tayinlangan jazo yengilrogʻiga almashtirildi.
Jinoyat ishlari boʻyicha Oqoltin tuman sudi binosida oʻtkazilgan sayyor sudda quyidagi Oqoltin tumani IIO Probatsiya guruhida jazo muddatini oʻtayotgan mahkumlarning ishlari koʻrib chiqildi.
Jumladan, quyidagi mahkumlar Jinoyat ishlari boʻyicha Sardoba tuman sudinig 29.04.2021-yildagi hukmiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi JKning 131 moddasi 2 qismi bilan sudlanib 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan Oqoltin tumani Andijon mahallasida yashovchi nazorat ostidagi shaxs R.Oʻ, Jinoyat ishlari boʻyicha Oqoltin tuman sudinig 18.02.2021-yil yildagi hukimiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 166 moddasi 2 qismi “a, b” bandlari bilan aybdor deb topilib, 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi taynlangan, Oqoltin tumani Obod mahallasida yashovchi nazorat ostidagi shaxs V.J ni jazo oʻtashdan boʻyin tovlagani uchun JKning 481 moddasi 6 qismiga asosan ozodlikdan mahrum etish jazolariga almashtirildi.
Jinoyat ishlari boʻyicha Sirdaryo viloyati sudinig 15.06.2020-yildagi ajrimiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi JKning 44 moddasiga asosan 1 yil 9 oy 26 kun ozodlikni cheklash jazosi taynlangan, Oqoltin tumani Koʻrkamdiyor mahallasida yashovchi nazorat ostidagi shaxs M.J JKning 73 moddasiga asosan jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etildi.
Oʻtkazilgan sayyor sudda JIB Oqoltin tuman sudining raisi M.Mirzoxidov, tuman prokurori oʻrinbosari I.Mamatov Oqoltin tumani IIO Probatsiya vakillari ishtirok etishdi.
Oqoltin tumani IIO Probatsiya guruhi