17 Mart 2023 yil 265

Sumka ichidan 4 mln 300 ming so‘m pullar o‘g‘irlandi.

Guliston shahar IIBga ariza bilan Jizzax viloyati, Zomin tumanida yashovchi fuqaro M.M murojaat qilib, arizasida Guliston shahar, Taraqqiyot MFY hududida joylashgan eski bozor hududida nomaʼlum shaxs o‘ziga tegishli bo‘lgan sumka ichidagi 4.300.000 so‘m miqdoridagi pullarini o‘g‘irlab ketganligini maʼlum qilgan. Holat yuzasidan Guliston shahar IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan surishtiruv harakatlari davomida, mazkur jinoyatni Guliston shahrida yashovchi M.Sh sodir etganligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan Guliston shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan fuqaro M.Shga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-m 2-q “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “Qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech