26 Avgust 2022 yil 562

Suddan yashirinib yurgan yana bir firibgar qoʻlga olindi.

Sirdaryo viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-tadbir natijasida, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-modda (Firibgarlik, yaʼni aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish yoʻli bilan oʻzganing mulkini yoki oʻzganing mulkiga boʻlgan huquqni qoʻlga kiritish) 3-qismi «a, b» bandlari hamda Jinoyat Kodeksining 233-moddasi (Band solingan mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etish, yaʼni band solingan yoxud garovga qoʻyilgan mulkni ishonib topshirib qoʻyilgan shaxs tomonidan qonunga xilof ravishda oʻzlashtirish, rastrata qilish, yashirish, nobud qilish yoki unga shikast yetkazish ancha miqdorda zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa, xuddi shuningdek bank yoki boshqa kredit tashkiloti xodimi tomonidan band solingan pul mablagʻlari (omonatlari) bilan bank operatsiyalarini amalga oshirish)1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etib, suddan yashirinib yurgan Guliston shahar, Sayqal mahallasida yashovchi A.Sh Toshkent shahar, Chilonzor tumani hududida qoʻlga olinib, “Qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanilib, tezkor xodimlar tomonidan jazo muqarrarligi taʼminlandi

Text to speech