27 Iyun 2022 yil 270

Sport sog‘lom hayot garovi. Yangiyer shahar IIBda xodimlar bilan sport tadbirlar olib borilmoqda.

Ichki ishlar organlari xodimlari ham ruhan, ham aqlan, ham jismonan yetuk bo‘lishi bugungi kunning asosiy talablaridan biridir. Bu borada sohada sezilarli ishlar tashkil etilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIVning tegishli buyrug‘iga asosan Yangiyer shahar IIBda haftaning ikki kuni xodimlar uchun sport mashg‘ulotlari jadallik bilan tashkil etilmoqda.

Jumladan, Yangiyer shahar IIB boshlig‘ining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari kapitan I.Amanbayev o‘zining qo‘l ostidagi xodimlari uchun sportning “Qo‘l jangi”, “Karate”, “Kurash” kabi turlaridan saboqlar berib, xizmat va xizmatdan tashqari vaqtlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarda fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf solayotgan shaxslarni, xavfli jinoyatchilarni ushlashda va ular tomonidan jismoniy tajovuz bo‘lganda uni bartaraf etish bo‘yicha qo‘llanadigan “Qo‘l jangi” usullarini muntazam o‘rgatib kelmoqda.

Bundan tashqari, Yangiyer shahar IIB xodimlari orasida vazni og‘ir bo‘lgan xodimlar bilan ham sport mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish bo‘yicha alohida chora-tadbirlar ishlab chiqilgan bo‘lib, bu borada Boshqarma masʼul xodimlari bilan hamkorlik asosida doimiy ravishda nazorat olib borilmoqda. Vazni og‘ir xodimlar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar kunlik tahliliy qilinib, sezilarli natijalarga erishilmoqda.

Bugungi kunda olib borilayotgan ushbu sport tadbirlarining natijasini viloyat miqyosida o‘tkazilayotgan sport musobaqalarida, tadbirlarida Yangiyer shahar IIB xodimlarining erishayotgan yutuq va muvofaqiyatlardan ko‘rish mumkin.

Xodimlar uchun tashkil etilayotgan bu kabi jismoniy mashg‘ulotlar, sport tadbirlari kelgusida ularning xizmat faoliyati samaradorligini oshishida munosib o‘rin tutadi.

Sirdaryo viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati

Text to speech