16 Dekabr 2021 yil 350

Sogʻlom va barkamol oila sport musobaqasi oʻtkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Madaniyat vazirligi, Turizm va sport vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri sovrini uchun respublika 3-sektorlarida yashovchi oilalar oʻrtasida "Sogʻlom va barkamol oila" shiori ostida sport musobaqalari va kitobxonlik bellashuvlarini oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarori tasdiqlangan.

Ushbu qaror ijrosini taʼminlash maqsadida Mirzaobod tumani 3-sektori hududida yashovchi 4 ta oila oʻrtasida sportning stol tennisi, quvnoq startlar, shaxmat va shashka, badminton turlari boʻyicha musobaqalar oʻtkazildi.

Gʻolib va sovrindor jamoa aʼzolari tashkilotchilar tomonidan esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

Text to speech