30 Aprel 2022 yil 208

"Sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha" Boshqarma maʼrifat zalida "Chekish va uning oqibatlari to‘g‘risida" tadbir o‘tkazildi.

Tamaki chekish zararli odatlardan biri bo'lib hisoblanadi. Ilmiy-tadqiqotlarining aniqlanishicha, tamaki tutunining tarkibida 3000 dan koproq har xil zaharli kimyoviy moddalar bor. Shulardan ayniqsa, nikotin, ammiak, karbonat angidrid, benzol, poloniy, kadmiy kabilar odam organizmiga kuchli zaharli ta‘sir ko`rsatadi. Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi ma’rifat zalida soha xodimlari orasida sog’lom turmush tarzini keng targ’ib etish hamda turli xildagi zararli odatlarni oldini olish maqsadida viloyat tibbiyot bo’limi boshlig’i A.A.Qalandarovning “Chekish va uning oqibatlari to’g’risida“gi maruzasi uchrashuv qatnashchilariga o’qib eshittirildi.

Uchrashuvda shuningdek, bugungi kunda xizmat xodimlari orasida ham bu kabi salbiy illatlar ko’p uchrayotgani bo’yicha ham fikr va mulohazalar bildirildi.

Shu bilan birga uchrashuv qatnashchilariga Chekish va uning inson organizmiga yetkazadigan zararli ta’siriga bag’ishlangan video rolik ham namoyish etildi.

Text to speech