Sodir etilgan jinoyat muhokama etildi.
Guliston shahar IIO FMB tomonidan jamiyatda sog’lom muhitni targ’ib etish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, hududda sodir etilayotgan har bir jinoyat va hodisalarni keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilish, sodir etilayotgan jinoyatchilik va huqubuzarliklarning tub ildiziga kirib borish, bunday illatlarga qarshi jamoatchilik bilan hamkorlikda kurashish, aholi faolligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni olib borish an’anaga aylangan.
Jumladan, 2021 yil 21 avgust kuni fuqaro Sh.X Guliston shahar, Obod yurt MFY da joylashgan fuqaro X.Uga tegishli savdo do’konida undan tamaki mahsulotini berishni talab qilganligi, sotuvchidan rad javobini olgach ular o’rtasida kelishmovchilik yuz berib, natijada Sh.X fuqaro X.Uni itarib yuborib, unga tan jarohati etkazganligi holati bo’yicha fuqaro Sh.X ga nisbatan O’zbekiston Respublikasi JK ning 109-moddasi 2-qismi tartibida jinoyat ishi qo’zg’atilgan.
Mazkur jinoyat muhokamasi yuzasidan Guliston shahar, “Bog’ishamol” MFY da o’tkazilgan yig’ilishda Guliston shahar IIO FMB boshlig’i, 3-sektor rahbari podpolkovnik B.Sh.Sayitnazarov, IIO FMB boshlig’i o’rinbosarlari, hududdagi korxona va tashkilot xodimlari, MFY faollari, keng jamoatchilik ishtirok etib, muhokama davomida qonun barchaga barobar ekanligi, jamiyatimizda qonun ustuvorligi ta’minlashi, jinoyatga jazo muqarrarligi haqida so’z yuritilib, yuqoridagi kabi salbiy holatlarni oldini olish, takroran sodir etilishiga yo’l qo’ymaslik, aholi orasida huquqiy tushunchalarni keng targ’ib qilish bo’yicha tushuntirish ishlari tashkil qilindi.
Guliston shahar IIO FMB