7 Noyabr 2022 yil 680

Sirdaryoda Yer resurslarini noqonuniy talon-taroj qilinishi bilan bogʻliq holat aniqlandi

Sirdaryo viloyati IIB JQB K va IJQKB xodimlari tomonidan Guliston shahar “Yangiavlod” MFY hududida oʻtkazilgan “Nazorat ostida olish” tezkor tadbiri natijasida, N ismli shaxs uy-joy qurishga moʻljallangan boʻsh yer uchastkasi sotib olish maqsadida telegramm ijtimoiy tarmogʻidagi “SIRDARYO OLX BOZORI” kanaliga kirgan vaqti “D” ismli shaxs bilan oʻzaro gaplashib, tanishib qolganligini, “D” ismli shaxs Sayxunobod tumani, Istiqlol mahallasidagi 16 sotix uchastka yer maydonini jami 26.000 AQSH dollariga sotishligini aytganligini, ushbu uchastka yer maydonini, kadastrda ishlovchi qarindoshi va notariusda ishlovchi yaqin tanishlari orqali hujjatlarini rasmiylashtirda yordam berishligini maʼlum qilib, mazkur pullar hisobidan 10.000 AQSH dollari miqdoridagi kimyoviy ishlov berilgan pullarni Guliston shahar oziq-ovqat dehqon bozori oldida olgan vaqti naqd pul bilan ushlanib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib daliliy ashyolar olingan.

Hozirda fuqaro Dga nisbatan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech